SamDTU akademik litseyida Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati Kengashi va SamАTI Yoshlar yetakchisi bilan hamkorlikda oʼquvchilarning boʼsh vaqtini mazmunli oʼtkazish, 2023-yilning "ENG BILIMDON JАMOАSI"ni aniqlash, shuningdek Besh muhim tashabbus doirasida 1- va 2-bosqich oʼquvchilari oʼrtasida Zakovat intellektual oʼyinlari boʼyicha final oʼyini boʼlib oʼtdi. Tadbirda akademik litsey direktori X. I. Mahmudova, YoBIBDU F. S. Mamatkulov, SamАTI yoshlar yetakchisi S. B. Tilovov va akademik litsey oʼquvchilari ishtirok etdi. Qizgʼin va murosasiz kechgan bahsda litseyning 1-bosqich 105-guruhining "FАKT OVChILАRI" jamoasi gʼolib boʼldi. Gʼolib boʼlgan jamoalarga akademik litsey rahbariyati tomonidan diplom va pul mukofotlari topshirildi.